Oflayn kurs: "Kompaniyani tizimlashtirish va xodimlarga to'g'ri KPI qo'yish"
O’zbekiston-Yaponiya markazi sizni «Kompaniyani tizimlashtirish va xodimlarga to'g'ri KPI qo'yish» kursiga taklif etadi.
Tashkillashtirish vaqti: 2 – 3 dekabr 2024 y., 09:00 — 13:00
Trener: Kozimxon Turayev
Kurs turi: oflayn
Ta’lim tili: o'zbek. Tarqatma materiallar o’zbek tilida taqdim etiladi.
Ta’lim narxi: 1 000 000 so'm
Ommaviy oferta: https://cab.ujc.uz/~1MsFX
Murabbiy: Kozimxon Turayev
- Islom moliyasi va HR menejment bo'yicha 19 yillik tajribaga ega xalqaro ekspert.
- 2000-2004-yillar davomida Toshkent davlat Texnika universiteti qoshidagi biznes boshqaruv fakultetida oʻqigan;
- 2001-2002-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Shimoliy Arizona universitetida “Business administration”, yaʼni biznes boshqaruv yoʻnalishida oʻqigan;
- 2004-2006-yillarda Yaponiyaning Waseda universitetida oʻqib, MBA darajasini olgan;
- Yaponiyada KAIZEN tizimi boʻyicha ilmiy ish olib borgan;
- 2006-2009-yillarda Proctor and Gamble ning distribyutorlik kompaniyasida Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari uchun HR menejer boʻlib ishlagan;
- 2009-2011-yillarda Toshkent xalqaro Westminster universitetida HR, strategiya va biznes boshqaruv yoʻnalishlaridan dars bergan;
- 2011-2012-yillarda Finlyandiyada KPI tizimi boʻyicha ilmiy izlanish olib borgan;
- 2012-2018-yillar davomida Saudiya Arabistonida joylashgan Islom Taraqqiyot Bankida HR va Investisiya boʻlimlarida ishlagan;
- 2018-yilda Oʻzbekistonga qaytib, mahalliy bizneslarni rivojlantirish uchun tadbirkorlarni oʻqitish va kompaniyalarga konsalting xizmatlarini koʻrsatish bilan shugʻullanadi;
- Bugungi kunda Ameen Group kompaniyasi asoschisi hamda Alliance biznes klubi, Is BF - Islamic Business and Finance kompaniyasi taʼsischilaridan biri.
Trening kimlar uchun: Tadbirkorlar, HR mutaxassislari
Trening maqsadlari:
Kompaniyaning samarali ishlashini ta’minlash uchun tizimli boshqaruv usullarini tushunish va amaliyotga tatbiq etish;
Xodimlarga to'g'ri KPI qo‘yish orqali ularning ish samaradorligini oshirish;
Kompaniyadagi vazifalarni aniq ajratish va xodimlar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlarini yaratish;
KPI o‘lchovlari orqali ish natijalarini muntazam baholash va yaxshilash yo‘llarini topish.
Trening dasturi:
1. Kompaniyani tizimlashtirish:
Tizimlashtirish ahamiyati
Kompaniyani tizimlashtirish bosqichlari
Tizimlashtirish nima uchun kerak ?
Muvaffaqqiyatli biznes jarayonlari
Kompaniyada qaysi jarayonlarni tizimlashtirish mumkin?
Kompaniya ORG strukturasini tuzish
Standart Operatsion Protseduralar (SOP) ahamiyati
2. Xodimlarga to‘g‘ri KPI qo’yish:
KPI nima uchun muhim?
Ish faoliyatini o’lchash
KPI samarali ishlashi uchun nima kerak?
KPI tizimi tarkibi
KPI nimadan kelib chiqib tuziladi?
Sertifikat
Kursni tugatgandan so‘ng ishtirokchilar o‘qishni tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘ladilar.
Aloqa uchun:
Sarvar Aliev
Tel.: (998-71) 235 13 28, (998-78) 120-73-94/95
Email: sarvar@ujc.uz
© 2001 - 2023 UJC.