Oflayn kurs: "Eksport – xalqaro bozorga chiqish yo’llari"
O’zbekiston-Yaponiya markazi sizni «Eksport – xalqaro bozorga chiqish yo’llari» kursiga taklif etadi.
Tashkillashtirish vaqti: 4 - 8 noyabr 2024 y., 18:45 — 21:45
Trener: Muhammad Bobur Abdullayev
Kurs turi: oflayn
Ta’lim tili: o'zbek. Tarqatma materiallar o’zbek tilida taqdim etiladi.
Ta’lim narxi: 2 000 000 so'm
Ommaviy oferta: https://cab.ujc.uz/~1MsFX
Murabbiy: Muhammad Bobur Abdullayev
- 10 yillik tajribaga ega bo’lgan tadbirkor, eksport bo’yicha mutaxassis.
- Sorgo Trade kompaniyasining direktori. Kompaniya MDX, Evropa va yaqin xorij mamlakatlariga tovarlarni eksport qilishga ixtisoslashgan.
- “CHORBOG OLTIN PARRANDA”, “KAVSAR IMPEX” va “ALIYE TEXTILE” korxonalari ta’sischisi va hamkori.
- Turkiya, Gruziya, Rossiya, Litva, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Kozog’iston, Tojikiston, Kirg’iston, va Armaniston va boshqa mamlakatlarga muvaffaqiyatli eksport qilishni yo’lga qo’ygan.
- O’z faoliyati davomida 100 dan ortiq kompaniya va rahbarlarga xalqaro bozorga chiqish bo’yicha maslahatlar va o’quv dasturlari tashkil etgan hamda eksportga chiqishga yordam bergan. Trade Visa loyihasi doirasida u tadbirkorlarni xalqaro bozorga chiqish uchun kerakli bilim va strategiyalar bilan ta’minlab, ularni muvaffaqiyatli eksport qiluvchi kompaniyalarga aylantirgan.
- PMP-31 va Keiei-Juku 2 dasturlarida qatnashgan bo’lib, bu dasturlar uning professional o’sishiga va xalqaro savdo sohasidagi bilimlarini yanada mustaxkamlashga yordam bergan.
Kurs maqsadlari:
- Eksport nima? Eksport jarayoni bosqichlarini o’rganish
- Qanday qilib O’zbekistondan eksport qilish mumkin?
- Chet eldan mijozlarni izlash va jalb etish yo’llari
- Xalqaro shartnomalarni to’g’ri tuzish
- Eksportga doir soliq va logistika masalalari
- Bojxona rasmiylashtirish ishlari
- Eksportga doir sertifikat va hujjatlar
Kurs dasturi:
Eksport o’zi nima?
O’zbekistonning eksport saloxiyati
Eksport qilish bosqichlari
Eksport qiluvchi kompaniyalarga davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va ulardan foydalanish usullari
Eksportga doir hukumat qarorlari
Mahsulotlar namenklaturasi nima? (ТН ВЭД)
Chet eldan mijoz toppish yo’llari
Xalqaro B2B platformalar
Xalqaro ko’rgazmalar
MDX davlatlari bilan bojsiz kelishuv
Evropa Ittifoqiga bojsiz eksport yoki GSP+ nima?
Xalqaro shartnomalarni tuzish
Eksport qilgach davlatdan QQSni qaytarish
Bojxona rasmiylashtirish ishlari
Eksportda to’g’ri logistika va Transport harajatlariga konpensatsiya olish
INKOTERMS (ИНКОТЕРМС)
Sertifikat
Kursni tugatgandan so‘ng ishtirokchilar o‘qishni tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘ladilar.
Aloqa uchun:
Sarvar Aliev
Tel.: (998-71) 235 13 28, (998-78) 120-73-94/95
Email: sarvar@ujc.uz
© 2001 - 2023 UJC.