"Irodori" kursiga qabul boshlandi!


Иродори курс uz.jpg

O'zbekiston-Yaponiya markazi Yaponiyada erkin muloqot qilishga yordam beradigan "Irodori" kursiga taklif qiladi!

Kurs davomiyligi: 7 oktyabrdan 23 dekabrgacha

Muddati: 3 oy (dushanba, chorshanba, juma, soat 17:30 dan 18:40 gacha)  

Narxi: 1 500 000 so'm  

Kirish imtihoni: 30 sentyabr (soat 11:00 va 15:00)

Siz kursda nimalarni o’rganasiz?

• Kundalik hayotda amaliy muloqot qobiliyatlari (xaridlar, restoranlar, o'yin-kulgilar va boshqalar);

• "JF Can-do" dasturi asosida audio va video materiallardan foydalangan holda yapon tilini o’rganish;

* Til orqali yapon madaniyati tubiga sho'ng'ish!

Onlayn ro'yxatdan o'tish sanasi: 19-27 sentabr kunlari

To'lov sanasi: 2 oktyabrdan 6 oktyabrgacha

Ro’yxatdan o’tish havola:  https://form.ujc.uz/irodori2024/


«Irodori 1» kursining kirish imtihoniga tayyorlanish uchun qo‘llanma, sentyabr 2024 y.

IMTIHON TUZILISHI:
Malakaviy imtihondan o'tish uchun siz Yaponiya haqidagi umumiy savollarga javob berishingiz kerak.

KIRISH IMTIHONI: 30 sentyabr (dushanba) 11:00 va 15:00 da O‘zbekiston-Yaponiya Markazida o’tkaziladi. Imtihonga boshlanish vaqtidan 15 daqiqa oldin kelish lozim.

IMTIHON NATIJALARI: Kirish imtihoni natijalarini , quyidagi telefon raqamlari orqali bilishingiz mumkin: (71) 235-1328, (78) 120-7394/95

KURS UCHUN TO‘LOV QABULI (1 500 000 so‘m): O‘zbekiston-Yaponiya Markazida, 2-oktyabr (chorshanba) ~ 6-oktyabr (yakshanba) ga


DIQQAT!

Nomzodlar imtihon kuni oddiy qalam, o‘chirg‘ich, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID, talabalik guvohnomasi va hkz.) olib kelishingiz lozim. A‘zolik kartochkalari orqali imtihonga kirish  ta’qiqlanadi. Imtihonga kechga qolgan, yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz kelgan nomzodlar imtihonga kiritilmaydi.

O‘zbekiston-Yaponiya Markazi: (71) 235-1328, (78) 120-7394/95